Taekvondochilarimizning navbatdagi medallari
Doha shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha davom etayotgan Qatar ochiq chempionatida hamyurtlarimiz hozirgacha o‘n oltin, olti kumush, besh bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Doha shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha davom etayotgan Qatar ochiq chempionatida hamyurtlarimiz hozirgacha o‘n oltin, olti kumush, besh bronza medalni qo‘lga kiritdi.Bolalar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi bahslarda Ulug‘bek Rashidov, Islomjon Adhamov, Shahboz Shofayziyev oltin, Shahzod Jo‘rayev, Hojakbar Zokirov kumush, Jamshidbek Abdusalomov va Abbos Aliqulov bronza medal bilan taqdirlandi.
Qizlar o‘rtasida Nigora Tursunqulova o‘z vazn toifasida qatarlik Alo Abdulmoizni, livanlik Vard Salmonni hamda qatarlik Niam Konollini mag‘lubiyatga uchratib shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston yoshlar jamoasi murabbiysi Abduvohid Rahimov xalqaro turnirning eng yaxshi murabbiysi, deb topildi.