Taekvondochilarimizning ilk raqiblari aniq bo‘ldi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida "Katta dubulg‘a" saralash musobaqasi start olmoqda. Quvonarlisi, ushbu musobaqada o‘zbek taekvondochilari ham ishtirok etadi.
Ikki kun davom etadigan turnirning qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari o‘z raqiblarini bilib oldi.
Turnirning dastlabki kungi bellashuvlarida 4 nafar bokschimiz dayanga chiqadi. Aniqrog‘i, 68 kilogrammgacha vazn toifasining 1/32 final bosqichida Diyorbek To‘xliboyev - Mun Jin Xo (Koreya Respublikasi) bilan, Najmiddin Qosimhojiyev esa Ley Yanga (Xitoy) qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, +80 kg. vaznda Shuhrat Salayev - Nikita Kriuchkov (neytral maqomdagi sportchi) va -67 kg vazn toifasidagi qizlar orasida Feruza Sodiqova 1/16 final bosqichida Uliyana Kradinova (neytral maqomdagi sportchi) jangiga guvohi bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA