Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari himoya qilindi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari “Hududgazta’minot” AJ va uning “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida asossiz hisoblangan 3,7 milliard so‘mga yaqin qarzdorlik “Hududgazta’minot” AJning maxsus elektron dasturida hisobdan chiqarilishi ta’minlanib, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
N.Rahmonova,
O‘zA