Tadbirkorlar va eksportchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi (Video)
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tadbirkor va eksportchilar, Toshkent shahri hokimligi, Bojxona qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda sohadagi yangiliklar, eksportchilarga berilayotgan moliyaviy va bojxona imtiyozlari muhokama qilindi.
Tadbirda Agentlik tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, JST va GSP+ talablari asosida 672 ta xalqaro standart qabul qilinib, korxonalarga 2 115 ta standartdan foydalanish imkoni yaratildi, shuningdek, 525 ta yangi standart loyihasi tasdiqlandi.
Shu bilan birga, hududlardagi 1 149 ta eksportyor korxonaga 1 511 ta amaliy va konsultativ xizmat ko‘rsatildi. Buning natijasida mahalliy mahsulotlar Germaniya, Kolumbiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bozorlariga chiqarildi. 56 ta eksportyorga 110 ta muvofiqlik hujjati rasmiylashtirib berildi.
Yevropa bozoriga chiqish maqsadida SE markirovkasini joriy etish bo‘yicha 12 ta korxona bilan ishlanib, 3 tasiga sertifikat olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Yil boshidan buyon 665 ta korxonada xalqaro menejment tizimlari joriy etilib, umumiy hisobda 960 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Sohadagi qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida esa 9 784 ta tadbirkorlik sub’ektiga profilaktik ogohlantirish xatlari yuborildi.
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi kelgusida ham mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni izchil davom etirishi ta’kidlandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ZVNAKr1xBDA?si=VtucOQPuROL7g8nh" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Hamroz Bayonov, Oybek Davronov (video), O‘zA