FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida aholini tadbirkorlikka qiziqtirish, ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish maqsadida faol tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday aholi va tadbirkor muloqoti “Silk Granat” milliy hunarmandchilik shourumi rahbari ishbilarmon Marina Jabbarova bilan o‘tkazildi.  

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi muloqot davomida bugungi kundagi faoliyati, bosib o‘tgan yo‘li, qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar bilan qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-13626]

– 2019 yilda umumiy ovqatlanish maskani tashkil etishdan boshlangan tadbirkorlik faoliyatim milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ulandi, - deydi  Marina Jabbarova. – Hozirda tayyorlayotgan milliy mahsulotlarimiz chet mamlakatlarida ham xaridorgirligi meni quvontiradi.

Ta’kidlash kerak, “Silk Granat” milliy hunarmandchilik majmuasi viloyat salohiyatini targ‘ib etuvchi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, Chust do‘ppido‘zlari, Namangan atlasiyu, kashtalari, popopchilari hamda G‘urumsaroy kulollari mahsulotlarini bir joyda jamlagan.  

Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga tadbirkor batafsil javob qaytardi, tadbirkorlikni boshlash niyatidagi fuqarolarga zarur tavsiyalar berdi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA 

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor aholiga motivatsiya berdi