Tabiatsevarlarni maftun etayotgan maskan
Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Sarqamish ko‘li Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida joylashgan.
Sarqamish ko‘li o‘zining betakrorligi, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan tabiatsevarlarni maftun etadi. Bu yerdagi belgilangan hududda baliq ovlash hamda qayiqda sayr qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni kunlarda Sarqamish ko‘li yon-atrofi kuzning oltinrang jilvasi bilan yanada go‘zallik kasb etgan. Ushbu maskanga kelgan kishi ruhiyati ko‘tarilib, o‘zgacha zavq tuyadi.
Kelgusida Sarqamish ko‘lida ekoturizmni rivojlantirish va zamonaviy sayyohlik xizmatlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
[gallery-14237]
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar