Tabiat uchun birlashaylik
O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida ona tabiatga muhabbat va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirish eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Bu borada “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari tomonidan qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, partiyaning Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Anor” bolalar oromgohida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Aksiya davomida rasmlar tanlovi, ekologik viktorinalar, interaktiv savol-javoblar hamda turli intellektual o‘yinlar o‘tkazildi.
Bolajonlar tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarni saralash, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb mavzularda o‘z bilimlarini namoyon etib, faol ishtirok etdi.

Tanlov va viktorinalarda faol qatnashgan bolajonlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi sovrinlar bilan taqdirlandi.
M.Komilova, O‘zA