Ta’limning zamonaviy uslublari
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “Zamonaviy fan va texnika rivojida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “Zamonaviy fan va texnika rivojida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-texnik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori A.Xoljigitov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ta’lim tizimidazamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari keng qo‘llanilmoqda. “Elektron hukumat” tizimibosqichma-bosqich amalga oshirilib, idora va tashkilotlar, fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilayotir.
Anjumanda ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb masalalari, oliy ta’lim muassasalarida modulli o‘qitishning joriy etilishi va pedagoglar komponentligining o‘zaro bog‘liqligi, bu borada Samarqand tibbiyot institutining tajribasi haqida so‘z yuritildi.
– Institutimizda 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab modul tizimida o‘qitish joriy etildi, – deydi Samarqand tibbiyot instituti prorektori Z.Kurbaniyazov. – Barcha o‘quv xonalari va ma’ruza zallari multimedia texnikalari bilan jihozlanib, o‘quv jarayonida mingdan ortiq zamonaviy komputerdan foydalanilmoqda. Talabalar fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni internet orqali masofadan turib olish imkoniyatiga ega. O‘qitishning zamonaviy bu usuli talaba-yoshlarning vaqtdan samarali foydalanishi, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishi va ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilmoqda.
Konferensiyaning sho‘ba majlislarida respublikamizda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy masalalari, axborot texnologiyalari va “Elektron hukumat” tizimining zamonaviy muammolari, modulli o‘qitishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar, dasturiy injiniring va matematik modellashtirish yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.