Ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi
Buxoroda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Buxoroda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi, mehnat boshqarmalari va boshqatashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma ham ayni shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ko‘rgazmada Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya hamda Toshkent davlat stomatologiya institutlarining Buxoro filiallari, shuningdek, viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘z ta’lim yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilgan qulayliklarni ishlanma, videorolik, banner va tarqatma materiallar orqali namoyish qildi.
Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 142 korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 418 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmaberildi.