Suyultirilgan gaz taʼminoti: raqamli nazorat va xavfsizlik ustuvor
Kuz-qiş mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va taʼminot jarayonida qonuniylikni taʼminlaş muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoqlari yetib bormagan hududlarda yaşovçi aholi uçun suyultirilgan gazning öz vaqtida yetkazib berilişi kundalik turmuş barqarorligida muhim örin tutadi.
Davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda aholiga kommunal xizmatlar körsatiş sifatini oşiriş, energiya resurslari taʼminotida uzluksizlik va şaffoflikni taʼminlaş, sohani raqamlaştiriş hamda isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Buxoro viloyatida ham suyultirilgan gaz taʼminotini takomillaştiriş, mahsulotning gaz töldiriş şoxobçasidan isteʼmolçi xonadonigaça bölgan harakatini nazorat qiliş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda. Xususan, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati taʼsisçiligida taşkil etilgan “LPG-TREYD” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Qöriqlaş xizmati hamkorligida viloyatdagi gaz töldiriş şoxobçalarida xavfsizlik va nazorat çoralari kuçaytirilgan.
Hamkorlikdagi tadbirlardan közlangan asosiy maqsad kuz-qiş mavsumida aholining suyultirilgan gazga bölgan ehtiyojini öz vaqtida qondiriş, taʼminotda yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlarning oldini oliş, ajratilgan yoqilği mahsulotlarining maqsadli taqsimlanişi va saqlanişini taʼminlaşdan iborat.

Taʼminot jarayonining dastlabki bosqiçi — gaz töldiriş şoxobçalarida mahsulotni belgilangan talablar asosida ballonlarga töldiriş, hisobga oliş va maxsus transport vositalariga yuklaş işlari amalga oşiriladi. Bu yerda Qöriqlaş xizmati xodimlari moddiy boyliklar butligini saqlaş, ruxsatsiz kiriş holatlari va ehtimoliy talon-tarojliklarning oldini oliş, obʼektlarda xavfsizlikni taʼminlaş vazifalarini bajarmoqda.
Gaz ballonlari maxsus transport vositalariga yuklanganidan keyin esa ularni belgilangan manzillarga öz vaqtida va xavfsiz yetkaziş jarayoni boşlanadi. Bu bosqiçda ham nazorat mexanizmlari izçil işlamoqda. Jumladan, transport vositalarining harakati GPS tizimi orqali kuzatib borilmoqda. Gaz taʼminoti filialida taşkil etilgan ştablarning monitoring markazlari hamda içki işlar organlarining boşqaruv markazlari kuzatuv kameralari va bodikameralar orqali jarayonni ikki tomonlama nazorat qilmoqda.
Taʼminotda şaffoflikni taʼminlaş va gaz ballonlarini isteʼmolçilarga adolatli taqsimlaşda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda. Xususan, gaz ballonlarini tarqatişda Face ID tizimi joriy etilgan. Uşbu mexanizm orqali isteʼmolçining şaxsi aniqlanib, mahsulotning aynan belgilangan fuqaroga topşirilişi elektron tarzda qayd etiladi. Bu esa gaz ballonlarining maqsadsiz tarqatilişi, takroriy hisobga olinişi va taqsimotdagi ehtimoliy qoidabuzarliklarning oldini olişga xizmat qiladi.
Ayni paytda masʼullar taʼminot jarayonini muntazam monitoring qiliş, ehtimoliy uzilişlarni oldindan aniqlaş va yuzaga kelgan kamçiliklarga tezkor çora köriş masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda. Çunki gaz taʼminotidagi har qanday uziliş, ayniqsa, qiş mavsumida aholi turmuşiga bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois mahsulotni töldirişdan tortib, uni eng olis hududdagi xonadonga yetkazişgaça bölgan barça bosqiçlarda masʼuliyat va nazorat birdek muhimdir.

Eʼtiborli jihati, bugungi kunda suyultirilgan gaz taʼminoti faqat mahsulotni yetkazib beriş jarayoni sifatida emas, balki xavfsizlik, hisobdorlik, raqamli nazorat va isteʼmolçi manfaatlarini uyğunlaştirgan yagona tizim sifatida taşkil etilmoqda.
Zero, har bir gaz balloni ortida bir oilaning kundalik ehtiyoji, har bir nazorat çorasi zamirida esa aholi farovonligi va xavfsizligi mujassam. Taʼminotning barça bosqiçlarida qonuniylik, şaffoflik va hamkorlikni taʼminlaş esa kuz-qiş mavsumini barqaror ötkazişning muhim kafolatidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri