Suvda suzadigan, havoda uchadigan dron (+video)
Xitoylik olimlar suvosti kemasidan uchiriladigan, ham suv ostida harakatlanadigan, hamda havoda uchadigan dunyodagi birinchi dronni ishlab chiqdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
“Buklanuvchi qanotning noyob dizayni tufayli dron parvoz vaqtida suv va havo o‘rtasida bir necha marta harakatlana oladi, bu esa uning omon qolish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi”, deyiladi xabarda.
Uskuna uchish uchun foydalanadigan parraklarini suv ostida 5 soniyada yig‘ib, kamuflyajga yaqin joylashtiradi. Bu suvda qarshilikni sezilarli darajada kamaytiradi. Suv ostida harakatlanish uchun maxsus suv parraklari o‘rnatilgan. Dron Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti va Xitoy Aerodinamik tadqiqot va ishlanmalar markazi tomonidan ishlab chiqilgan. U suvosti kemasidan uchiriladi va topshiriqni bajarib bo‘lgach, yana o‘sha kemaga qaytadi. Suvda ishlash qobiliyati va havodagi yuqori manyovrligi tufayli bu dron razvedka va zarbalar berishda foydalanilishi mumkin. Qayd etilishicha, mavjud mudofaa texnologiyalari bunday qurolni to‘xtatishga qodir emas.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WBfSJKdwkNo" title="Suvda suzadigan, havoda uchadigan dron" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA