“Suvchilar maktabi” o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Agrobank tomonidan tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” o‘z faoliyatini boshladi.
29 may kuni “Suvchilar maktabi”ning rasman ochilish marosimi takshil etilib, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti vakillari tomonidan loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Dastur doirasida respublika bo‘ylab fermer va miroblar 5 ta guruhdan iborat maxsus mashinada mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi.
Ushbu loyiha doirasida ta’lim olishni va suvdan unumli foydalanish yo‘lidagi xatti-harakatlarga o‘z hissasini qo‘shishni istaganlar @suvchilar_maktabi_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Reklama huquqi asosida
O‘zA