Suv taqsimlash inshootida har qatra suv hisobda
Isfayram-Shohimardon irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “Polmon” suv taqsimlash inshooti 1971 yili qurilgan bo‘lib, uzoq yillardan buyon Farg‘ona viloyatining 6 hududiga - Quvasoy, Farg‘ona shaharlari va Farg‘ona, Oltiariq, Toshloq, Yozyovon tumanlariga suv yetkazib berishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Mazkur inshoot 40-50 kilometr yerga suv yetkazib beradi. Shuncha masofadagi betonli, o‘zanli qirg‘oqlarni yaxshi holatda ushlab turish ko‘p jihatdan ta’mirlash ishlariga bog‘liq. Bu ishlarni esa sira paysalga solib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra “Polmon” suv taqsimlash inshooti xodimlari tomonidan mexanik tozalash va ta’mirlash ishlari rejaga muvofiq izchil o‘tkazib kelinyapti. Qirg‘oqlar va o‘zanlar ish holati bilan birga tegishli tumanlarning suvdan foydalanish koeffitsiyenti ham nazorat ostiga olingani o‘z samarasini berayotir.
[gallery-3962]
Shuningdek, “Polmon” suv taqsimlash inshooti hududida yordamchi xo‘jalik ham tashkil bo‘lib, bu yerda gilos, olma, anor, o‘rik va uzum yetishtiriladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA