3-dekabr ­Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Shodiyona” to‘yxonasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan g‘amo‘rliklar ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Shu maqsadda uy-joylar, turli reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanayotgani, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida so‘z yuritildi. Bunday yuksak e’tibordan ruxlanayotgan imkoniyati cheklangan yosh sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni dunyoga keng tarannum etayotgani hususida fikr almashildi.

Viloyatda 57 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan inson yashamoqda. Ularning 11 ming 367 nafari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Joriy yilning o‘tgan davrida kattalar uchun 531 ta, bolalar uchun 108 ta nogironlik aravachasi berildi. 348 ta qo‘ltiq tayoq, 333 ta eshitish moslamasi, shuningdek, ko‘plab boshqa texnik vositalar topshirildi.

­Imkoniyati cheklangan fuqarolar hamisha bizning ham e’tiborimizda,­ deydi “Maxalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi shu’ba mudiri Oltiboy Ostanaqulov.­ Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida “Saxovat va ko‘mak” harakati jamg‘armasi mablag‘i hisobidan “Temir daftar”ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan, qo‘shimcha davolanishga muxtoj 800 nafar fuqaroga sog‘ligini tiklash uchun 2 milliard 145 million so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatildi. 

1 ming 166 nafar fuqaro 376 million so‘mlik kundalik istemol mollari va oziq ovqat maxsulotlari bilan ta’minlandi. 4 ming 115 nafariga 9 milliard 682 million so‘m moddiy ko‘mak berildi. Bayramlar arafasida xolidan xabar olinib, sovg‘a-salomlar ulashilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanayotganiga yaqqol misoldir.

Tantanali tadbirda sovg‘alar topshirildi. To‘kin dasturxon yozilib, qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi.