Surxondaryoda Temir yo‘l transport xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan Temir yo‘l transport xodimlari kuni munosabati bilan “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tomonidan “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda Termiz temir yo‘l bekati, shoxobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi shaxsiy tarkibi, soha faxriylari hamda temir yo‘l tizimi xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-30670]
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish va tizim samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi.
Bayram munosabati bilan xizmat vazifalarini namunali bajarib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar filial rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida Termiz garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA