Surxondaryoda qovun pishdi
Sherobod tumanidagi “Yormat Botirov” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 8 gektar anor ko‘chatlari qator oralariga shu yil mart oyi boshida ekilgan “Dakara” navli qovun pishib, yetildi.
Tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni paytda qovunzorning gektaridan o‘rtacha 7-8 tonna boldek shirin hosil yig‘ishtirib olinmoqda.



Hosilning bir qismi xorijga eksport qilinmoqda. Bir qismi mahalliy bozorga chiqarilmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri