Surxondaryoda imzo yig‘ish davom etmoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Surxondaryo viloyati kengashi Prezident saylovida ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini yig‘ishni boshladi.
Partiyaning tuman va shahar hududiy kengashlarida partiya vakillari va a’zolari, targ‘ibotchilar guruhlari, deputatlar, faollar ishtirokida saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, mahallalar, to‘yxona va yirik savdo nuqtalari, shuningdek, imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda ham amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashidan ma’lum qilishlaricha, Termiz shahridagi Bog‘ishamol mahallasida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda aholiga partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mamlakatimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar haqida fikr almashildi. Shundan so‘ng partiya a’zolari va partiyaga xayrihoh fuqarolar imzo varaqalarini to‘ldirdi.


Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA