«Surxon» va «Andijon» chorak finalga chiqdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Metallurg» va «Surxon» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.
Ushbu uchrashuvda dastlab «Surxon» jamoasi a’zosi Kamron Saidazimov 34-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada «Metallurg» vakili Sirojiddin Qo‘ziyev hisobni tenglashtirdi. Ekstra-taymlarda ham hisob o‘zgarmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga taklif etildi. Unda «Surxon» 7:6 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, mazkur bosqichdan o‘rin olgan «Olimpik» – «Andijon» bahsi 0:1 hisobida yakunlandi. O‘yindagi yagona golga 30-daqiqada Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.
Bugun, 5 iyul kuni «Navbahor» – «Buxoro», «Bunyodkor» – «Qiziriq» jamoalari nimchorak final bosqichi doirasida o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA