Surxon o‘g‘lonlari Vatan xizmatiga otlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz temir yo‘l vokzalida Surxondaryo viloyati tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan bir guruh harbiy xizmatga chaqiriluvchilar Vatan oldidagi muqaddas burchni o‘tash uchun muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.
Marosimda jam bo‘lgan Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, chaqiriluvchilarning yaqinlari, faxriylar, ijodkor va san’atkorlar bo‘lajak yurt posbonlariga yuksak ishonch bildirib, ularga oq yo‘l tiladi.
– Mening bobom, amakim, dadam harbiy sohada faoliyat olib borgan, - deydi chaqiriluvchi Bobur Sherdonov. – Men ham bugun harbiy xizmatga yo‘l olib, sulolamiz davomchisi bo‘layotganimdan baxtiyorman.
[gallery-10957]
Darvoqe, mard o‘g‘lonlar bu yergacha qancha sinovlar, dovonlardan oshib kelgan. Endi ular haqiqiy mardlik maktabida toblanadi, o‘sadi, Vataniga munosib xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA