Suriyada yoppasiga elektr energiyasi uzildi
Suriyada elektr uzatish liniyasidagi avariya tufayli elektr energiyasi to‘liq o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyat sabablari hanuzgacha noma’lum. Ayni paytda muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda mamlakat energetika vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ma’lumot o‘rnida, Suriyaning butun hududida olti oy ichida ikkinchi marta elektr energiyacida uzilish qayt etildi.