Superligada 11-tur start olmoqda
Bugun, O‘zbekiston Superligasining 11-tur o‘yinlariga start beriladi va 4-may kuniga qadar davom etadi. Mazkur tur yakunidan so‘ng milliy chempionatimizda bir muddat tanaffus e’lon qilinadi.
Ushbu turning ilk kunida "Dinamo" — "Mash’al" va "Buxoro" — "So‘g‘diyona" jamoalari o‘zaro raqobatlashsa, ertaga 3-may kuni OKMK — "Neftchi", "Qo‘qon-1912" — "Bunyodkor", "Surxon" — "Paxtakor" klublari bahsiga guvoh bo‘lamiz. 4-may sanasida "Xorazm" — "Andijon", "Lokomotiv" — "Qizilqum", "Nasaf" — "Navbahor" uchrashuvlaridan so‘ng tur o‘z yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Superliganing shu kunga qadar qayd etilgan natijalariga ko‘ra, "Neftchi" ochkolarini 27 taga yetkazib peshqadamga aylangan bo‘lsa, "Paxtakor" 25 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda "Bunyodkor" va "Navbahor" 19 ochko jamg‘arib, gollar nisbatiga ko‘ra 3-4 pog‘onani band etgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA