Superliga klublarining 2026-yil yozgi transferlari: kim keldi, kim ketdi?
Professional futbol ligasi yozgi transfer davrini 8-iyuldan 10-avgustgacha etib belgiladi.
O‘zbekiston Superligasida 2026-yilgi yozgi transfer oynasi yakunlandi. Dastlab boshqa muddat rejalashtirilgan bo‘lsa-da, taqvimdagi o‘zgarishlardan so‘ng Professional futbol ligasi yozgi transfer davrini 8-iyuldan 10-avgustgacha etib belgiladi.
Klublar bir oylik muddatdan turlicha foydalandi. Ayrimlar tarkibni bir-ikki futbolchi bilan kuchaytirgan bo‘lsa, «So‘g‘diyona», «Mash’al», «Xorazm», «Dinamo» kabi jamoalar sezilarli yangilanishni amalga oshirdi. Chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor», «Neftchi» va «Navbahor» ham transfer bozorida muhim yurishlar qildi.
Transfermarkt qayd etgan summalar bo‘yicha Superliga klublari yozgi bozorda futbolchilar uchun 636 ming yevro sarflagan, transferlardan esa 1,506 mln yevro daromad olgan. Natijada liga klublarining transfer balansi qariyb +870 ming yevroni tashkil qilgan.
Quyida Superliganing barcha 16 klubi yozda amalga oshirgan transferlar jamlandi. Ro‘yxatga yakunlangan transferlar, ijara kelishuvlari va yozda tugagan ijara shartnomalari kiritildi.
«Neftchi»
Superliga peshqadami yozgi oynada tarkibni son jihatidan keskin o‘zgartirmadi. Farg‘onaliklar asosan aniq pozitsiyalarni kuchaytirishga e’tibor qaratdi.
Kelganlar:
Koffi Kouao — «Metz»dan, erkin agent sifatida;
Bilolxon Toshmirzayev — «Bunyodkor»dan;
Abdulla Abdullayev — «Navbahor»dan.
Koffi Kouao Fransiyaning «Metz» klubidan ketganidan so‘ng «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi. Ivuarlik o‘ng qanot himoyachisi bilan 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan bitim tuzilgan. Abdulla Abdullayev esa transfer oynasining so‘nggi kuni — 10-avgustda «Neftchi» futbolchisiga aylandi va ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ketganlar:
Daler Tuxsanov — «Olimpik-MobiUz»ga, ijara.
«Neftchi» yozgi transfer oynasida katta qayta qurishdan ko‘ra mavjud tarkibga tajriba va chuqurlik qo‘shishni tanladi.
«Paxtakor»
Toshkentliklar yozda hujum chizig‘iga jiddiy e’tibor qaratdi va bir vaqtning o‘zida himoyadagi muhim futbolchilardan biri bilan xayrlashdi.
Kelganlar:
Stefan Chinedu — «Surxon»dan, ijara;
Aymen Hussayn — «Al-Karma»dan;
Murtazo Pouraliganji — «Persepolis»dan;
Behruz Askarov — ijara muddati tugab qaytgan, keyinchalik yana ijaraga berilgan.
«Paxtakor» Stefan Chineduni «Surxon»dan ijaraga oldi. Transfermarkt ma’lumotida ijara uchun 36 ming yevro to‘langani qayd etilgan. Iroq terma jamoasi hujumchisi Aymen Hussayn esa 4-avgust kuni rasman jamoaga qo‘shildi. Tajribali eronlik markaziy himoyachi Murtazo Pouraliganji ham tarkibni kuchaytirdi.
Ketganlar:
Muhammadqodir Hamraliyev — «Navbahor»ga, 500 ming yevro;
Piotr Pajishek — KuPSga;
Shahzod Azmiddinov — «Al-Salmiya»ga;
Behruz Askarov — «So‘g‘diyona»ga, ijara;
Rustam Turdimurodov — «Andijon»ga, ijara.
Yozgi transfer oynasining eng yirik ichki bitimlaridan biri Muhammadqodir Hamraliyevning «Paxtakor»dan «Navbahor»ga o‘tishi bo‘ldi. Transfermarkt ushbu kelishuv qiymatini 500 ming yevro deb ko‘rsatmoqda.
«Nasaf»
Qarshiliklar tarkibda inqilob qilmagan bo‘lsa-da, yarim himoya va hujum qanotlariga bir nechta yangi futbolchi jalb qildi.
Kelganlar:
Paata Gudushauri — «Iberia 1999»dan;
Bekjon Rahmatov — «Lochin»dan;
Abbos G‘ulomov — «Navbahor»dan.
Ketganlar:
Bahodir Xalilov — «Lochin»ga, ijara.
Gruziyalik Paata Gudushauri «Nasaf»ning yozdagi asosiy legioner transferlaridan biri bo‘ldi. Qarshiliklar shuningdek «Navbahor»dan Abbos G‘ulomovni o‘z safiga qo‘shdi.
«Nasaf» boshqa qator Superliga klublaridan farqli ravishda tarkibni ommaviy ravishda almashtirish yo‘lidan bormadi.
«Dinamo»
Samarqand klubi yozgi transfer bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘ldi. Jamoaga mahalliy futbolchilar bilan birga bir qator legionerlar ham keldi.
Kelganlar:
Haris Haydarevich — «Radnik»dan;
Raul Jeparov — «Bunyodkor-Farm»dan;
Artem Radaev — «Krilya Sovetov-2»dan;
Marko Stanoyevich — FK «Usce»dan;
Mihail Stefan — «Zimbru»dan;
Amadou Doumbouya — erkin agent;
Tigran Avanesyan — «Arsenal Tula»dan, ijara;
Abdug‘afur Haydarov — «Surxon»dan, ijara.
Abdug‘afur Haydarov transfer oynasi yopilgach, 11-avgustdan «Dinamo» tarkibiga qo‘shilishi rasman ma’lum qilingan.
Ketganlar:
Jahongir O‘rozov — «Rubin» Qozonga, ijara;
Salvador Sanchez — «Deportes Copiapo»ga;
Ulug‘bek Hoshimov — «Xorazm»ga;
Mahamadou Dembélé — «Le Puy»ga;
Mauro Brasil — «Danubio»ga;
Dramane Salou — klubni tark etgan.
Jahongir O‘rozovning «Rubin»ga ijarasi uchun samarqandliklar Transfermarkt hisobida 100 ming yevro olgan.
«Dinamo»ning harakatlaridan klub ikkinchi davra uchun nafaqat asosiy tarkibni, balki zaxira imkoniyatlarini ham sezilarli kengaytirishga uringani ko‘rinadi.
«Bunyodkor»
«Bunyodkor» uchun yozgi transfer oynasi maydondagi ehtiyojlardan ko‘ra klub atrofidagi moliyaviy va huquqiy muammolar fonida o‘tdi. FIFA tomonidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir cheklovlar sabab klub asosan o‘z tizimidagi yoshlarni tarkibga qo‘shdi.
Kelganlar:
Muhammadali Adhamov — Sirdaryo FA’dan;
Shamsiddin Tursunmahamadov — «Bunyodkor-Farm»dan;
Abulfayz Bobomurodov — «Bunyodkor U18»dan.
Ketganlar:
Sadriddin Hasanov — «Braga U23»ga, 150 ming yevro;
Shahboz Umarov — «Okjetpes»ga;
Asadbek Rahimjonov — «Navbahor»ga;
Marko Bugarin — «Spartak Kostroma»ga;
Itsuki Urata — «Slaven Belupo»ga;
Bilolxon Toshmirzayev — «Neftchi»ga;
Samandarjon Mavlonqulov — «So‘g‘diyona»ga;
Najmiddin Normurodov — «Metallurg»ga.
Sadriddin Hasanovning Portugaliyaning «Braga» klubi U23 jamoasiga o‘tishi «Bunyodkor» uchun yozning eng e’tiborli transferi bo‘ldi. Transfermarkt kelishuvni 150 ming yevroga baholagan.
OKMK
Olmaliq klubi yozda eng kam o‘zgarish qilgan jamoalardan biri bo‘ldi.
Kelganlar:
Ivan Peshich — «Chindia»dan.
34 yoshli xorvatiyalik qanot futbolchisi Ivan Peshich 16-iyul kuni rasman OKMK futbolchisiga aylandi.
Ketganlar:
Rian Islamov — FarDUga, ijara;
Umid Ergashev — «Xorazm»ga, ijara.
OKMK yozda mavjud asosiy tarkibni saqlab qolishga va faqat muayyan pozitsiyalarda o‘zgarish qilishga intildi.
«Navbahor»
Namanganliklar yozgi oynada eng shov-shuvli ichki transferlardan birini amalga oshirib, «Paxtakor»dan Muhammadqodir Hamraliyevni sotib oldi.
Kelganlar:
Muhammadqodir Hamraliyev — «Paxtakor»dan, 500 ming yevro;
Joel Kojo — «Istiqlol»dan;
Abdulla Abdullayev — «Dibba»dan;
Asadbek Rahimjonov — «Bunyodkor»dan;
Jasurbek Jaloliddinov — «So‘g‘diyona»dan.
Ketganlar:
Sherzod G‘ulomjonov — «Qirg'izoltin»ga;
Zabihillo O‘rinboyev — «So‘g‘diyona»ga;
Shohmalik Komilov — «Andijon»ga;
Abbos G‘ulomov — «Nasaf»ga;
Abdulla Abdullayev — «Neftchi»ga;
Katulondi Kati — klubni tark etgan;
Quvondiq Ro‘ziyev — klubni tark etgan.
Bu yerda Abdulla Abdullayev bilan bog‘liq vaziyat alohida e’tiborga loyiq: futbolchi yozda BAAning «Dibba» klubidan «Navbahor»ga kelgan, biroq 10-avgust kuni namanganliklar bilan bitimini bekor qilib, o‘sha kunning o‘zida «Neftchi»ga o‘tgan.
«So‘g‘diyona»
Jizzax klubi yozda tarkibni deyarli qaytadan shakllantirdi. Kirim va chiqim bo‘yicha «So‘g‘diyona» ligadagi eng faol jamoalardan bo‘ldi.
Kelganlar:
Shohjahon Sultonmurodov — «Xorazm»dan;
Samandarjon Mavlonqulov — «Bunyodkor»dan;
Igor Golban — «Andijon»dan;
Zabihillo O‘rinboyev — «Navbahor»dan;
Behruz Jumatov — «Surxon»dan;
Milan Mitrovich — «Dubocica»dan;
Zenan Zaymovich — erkin transfer;
Jamshid Boltaboev — «Andijon»dan;
Petar Michin — «Zorya»dan;
Behruz Askarov — «Paxtakor»dan, ijara.
Ketganlar:
Otabek Ahadov — «Busan IPark»ga, 170 ming yevro;
Otabek Jo‘raqo‘ziyev — «Qizilqum»ga, 100 ming yevro;
Ulug‘bek Kenjaev — «Yaypan»ga;
Jasurbek Jaloliddinov — «Navbahor»ga;
Tohir To‘xtasinov — «Mash’al»ga;
Umid Sultonov — «Xorazm»ga;
Suxrob Izzatov — «Xorazm»ga;
Aleksandar Boljevich — «Sutjeska»ga;
Feyal Mulich — «Novi Pazar»ga;
Nikola Mirkovic — «Smederevo»ga.
«So‘g‘diyona» Otabek Ahadov va Otabek Jo‘raqo‘ziyev transferlaridan jami 270 ming yevro atrofida daromad oldi. Shu bilan birga, ketgan futbolchilarning o‘rni ko‘p sonli yangi transferlar bilan to‘ldirildi.
«Qizilqum»
Navoiyliklar ham ikkinchi davra oldidan ancha faol bo‘ldi. Ayniqsa hujum va yarim himoya chizig‘ida yangilanish kuzatildi.
Kelganlar:
Otabek Jo‘raqo‘ziyev — «So‘g‘diyona»dan, 100 ming yevro;
Luka Ratkovich — «Yenisey»dan;
Roman Paparyga — «PERSIS»dan;
Abbosbek Abdug‘afforov — «Andijon»dan;
Elbek Otaqulov — «Lochin»dan;
Ruslan Ro‘ziyev — «Bishkek City»dan;
Nodirxon Nematxonov — «Andijon»dan;
Maykon Douglas — erkin agent;
Ozodbek Ergashev — «Olimpik-MobiUz»dagi ijarasidan qaytgan.
Ketganlar:
Oleksiy Shchebetun — «Istiqlol»ga;
Alisher Shukurov — «Istiqlol»ga;
Shohruz Norxonov — klubni tark etgan;
Asror G‘ofurov — klubni tark etgan.
«Qizilqum»ning eng katta xarajati Otabek Jo‘raqo‘ziyev uchun sarflangan 100 ming yevro bo‘ldi.
«Surxon»
Termizliklar uchun yozgi oynaning asosiy xususiyati — bir nechta yetakchi futbolchilarning ketishi bo‘ldi. Klub buning evaziga yosh futbolchilarni tarkibga ko‘proq jalb qildi.
Kelganlar:
Sirojiddin Solijonov — «Yaypan»dan;
Boburjon Rahimjonov — «Oqtepa»dan;
Mirmaksud Mirusmonov — «Surxon U21»dan;
Kamronbek Yusupov — «Surxon U21»dan;
Azamjon Temirxonov — «Surxon U21»dan;
Kamronbek Ergashev — «Surxon U21»dan;
Mo‘minxon Bahodirxonov — «Neftchci U19» jamoasidan, ijara.
Ketganlar:
Behruz Karimov — «Lugano»ga, 450 ming yevro;
Stefan Chinedu — «Paxtakor»ga, ijara;
Nodirxon Nematxonov — «Andijon»ga;
Javohir Jo‘rayev — «Metallurg»ga;
Artyom Potapov — «Andijon»ga;
Behruz Jumatov — «So‘g‘diyona»ga;
Asadbek Karimov — «Metallurg»ga, ijara;
Abdug‘afur Haydarov — «Dinamo»ga, ijara.
Behruz Karimovning Shveysariyaning «Lugano» klubiga 450 ming yevro evaziga o‘tishi butun yozgi oynaning eng yirik sotuv transferlaridan biri bo‘ldi. Chineduning «Paxtakor»ga ijarasi uchun esa Transfermarkt 36 ming yevrolik to‘lov qayd etgan.
«Andijon»
«Andijon» transfer oynasi davomida FIFA cheklovlariga ham duch keldi. Artyom Odincov oldidagi qarzdorlik sabab 16-iyul kuni yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi qo‘yilgan, muammo hal etilgach 27-iyulda sanksiya bekor qilingan.
Kelganlar:
Artyom Potapov — «Surxon»dan;
Nodirxon Nematxonov — «Surxon»dan;
Shohmalik Komilov — «Navbahor»dan;
Hamidullo Karimov — «Andijon U21»dan;
Rustam Turdimurodov — «Paxtakor»dan, ijara;
Abbosbek Abdug‘afforov — «Alay»dagi ijarasidan qaytgan.
Rustam Turdimurodovning qaytishi transfer oynasining so‘nggi kuni — 10-avgustda rasman e’lon qilindi.
Ketganlar:
Jamshid Boltaboev — «So‘g‘diyona»ga;
Rahimjon Davronov — «Qo‘qon-1912»ga;
Ibrohim Yo‘ldoshev — «Qo‘qon-1912»ga;
Abbosbek Abdug‘afforov — «Qizilqum»ga;
Igor Golban — «So‘g‘diyona»ga;
Nodirxon Nematxonov — «Qizilqum»ga;
Sardorbek Azimov — «Xorazm»ga;
Sayfiddin Sodiqov — «Olimpik»ka, ijara muddati yakunlangach qaytgan.
Nodirxon Nematxonov va Abbosbek Abdug‘afforov bilan bog‘liq vaziyat noodatiy bo‘ldi: ular yozgi davrda «Andijon» tarkibida qayd etilib, transfer oynasi yopilguniga qadar «Qizilqum»ga o‘tib ketdi.
«Qo‘qon-1912»
Qo‘qonliklar yozda asosan mahalliy futbolchilar hisobiga tarkibni to‘ldirdi.
Kelganlar:
Rahimjon Davronov — «Andijon»dan;
Ibrohim Yo‘ldoshev — «Andijon»dan;
Elbek Yo‘lchiyev — OKMK U21’dan.
Ketganlar:
Azizxon Isokov — «Buxoro»ga.
Klubning transfer siyosatida keskin o‘zgarish kuzatilmadi — «Qo‘qon-1912» ko‘proq Superliga tajribasiga ega mahalliy futbolchilarni jalb qildi.
«Mash’al»
Muborak klubi yozgi transfer bozorining eng faol jamoalaridan biriga aylandi. Turnir jadvalining quyi qismidagi vaziyatni o‘zgartirish uchun tarkib deyarli barcha chiziqlarda yangilandi.
Kelganlar:
Tohir To‘xtasinov — «So‘g‘diyona»dan;
Muhammadbobur Muydinov — «Metallurg»dan;
Ifeanyi Ifeanyi — «Al-Najaf»dan;
Doniyor Narzullayev — «Metallurg»dan;
Komiljon Tojiddinov — «Metallurg»dan;
Drago Bumbar — «Bokelj»dan;
Strahinja Bosnjak — «Dubocica»dan;
Javohir Ubaydullayev — «Metallurg»dan;
Farruxjon Ibrohimov — «Xorazm»dan;
Vladislav Rusanov — erkin agent;
Bobur Askarov — erkin agent;
Pavel Bureev — erkin agent.
Ketganlar:
Nurjahon Muzaffarov — «Xorazm»ga;
Shahboz Jo‘rayev — «Lochin»ga;
Maqsudxo‘ja Aloxo‘jayev — «Lochin»ga;
Asan Vaniyev — «Yaypan»ga;
Samandar Ochilov — «Metallurg»ga;
Javohir Abdualimov — «Sho‘rtan»ga;
Raphael Ayagwa — klubni tark etgan;
Asadbek Habibullayev — FarDUga, ijara.
«Mash’al»ning yozgi siyosati aniq: klub ikkinchi davraga mavjud tarkibni saqlagan holda emas, balki uni jiddiy yangilagan holda kirishni maqsad qilgan.
«Xorazm»
«Xorazm» ham transfer oynasining so‘nggi kunlarigacha faol ishladi. Urganch klubi mahalliy futbolchilar bilan birga bir nechta xorijliklarni ham jalb etdi.
Kelganlar:
Rafael Tavares — «Gloria Bistrita»dan;
Suxrob Izzatov — «So‘g‘diyona»dan;
Umid Sultonov — «So‘g‘diyona»dan;
Ulug‘bek Hoshimov — «Dinamo»dan;
Sardorbek Azimov — «Andijon»dan;
Maksim Shiryaev — «Nefteximik»dan;
Nurjahon Muzaffarov — «Mash’al»dan;
Umid Ergashev — OKMKdan, ijara.
10-avgust kuni «Xorazm» birdaniga Sardor Azimov, rossiyalik markaziy himoyachi Maksim Shiryaev va braziliyalik hujumchi Rafael Tavares bilan shartnoma tuzganini rasman e’lon qildi. Uch futbolchi bilan ham 15-dekabrgacha bitim imzolangan.
Ketganlar:
Shohjahon Sultonmurodov — «So‘g‘diyona»ga;
Farruxjon Ibrohimov — «Mash’al»ga;
Jasur Azimov — «Metallurg»ga;
Dilshod Yoqubov — FarDUga;
Asadbek Saidkhonov — «Kattaqo‘rg‘on»ga;
Boubacar Traore — klubni tark etgan;
Yanis Lhery — klubni tark etgan.
«Buxoro»
«Buxoro» yozda son jihatidan ko‘p transfer amalga oshirmadi.
Kelganlar:
Islombek Baratov — «Lokomotiv»dan;
Azizxon Isokov — «Qo‘qon-1912»dan.
Ketganlar:
Husayn Ergashboev — «Kyrgyzaltyn»ga;
Alisher Xayrullayev — «Lochin»ga;
Albert Nurullayev — BuxDUga;
Mikheil Basheleishvili — «Asia Talas»ga.
«Buxoro»ning yondashuvi ommaviy transferlardan ko‘ra mavjud tarkibga ikki mahalliy futbolchini qo‘shish bilan cheklandi.
«Lokomotiv»
Toshkentning yana bir klubi ham yozgi oynada nisbatan kam o‘zgarish qildi.
Kelganlar:
Ahmadjon Anvarov — «Zomin»dan;
Jasur Yaxshiboyev — erkin agent.
Ketganlar:
Islombek Baratov — «Buxoro»ga;
Muhriddin Zoirov — «Kattaqo‘rg‘on»ga;
Lazizbek Mirzayev — ijara muddati tugab «Gazalkent»ga qaytgan.
Jasur Yaxshiboyevning qo‘shilishi «Lokomotiv» uchun yozgi oynadagi eng e’tiborli transferlardan biri bo‘ldi.
Yozgi transfer oynasining asosiy raqamlari
Superliga klublari orasida yozning eng yirik ichki transferi Muhammadqodir Hamraliyevning «Paxtakor»dan «Navbahor»ga 500 ming yevro evaziga o‘tishi bo‘ldi. Chetga transfer yo‘nalishida esa «Surxon» Behruz Karimovni «Lugano»ga 450 ming yevroga sotdi.
Shuningdek:
«So‘g‘diyona» Otabek Ahadovni «Busan IPark»ga 170 ming yevroga sotdi;
«Bunyodkor» Sadriddin Hasanovning «Braga U23»ga transferidan 150 ming yevro oldi;
«So‘g‘diyona» Otabek Jo‘raqo‘ziyevni «Qizilqum»ga 100 ming yevroga sotdi;
«Dinamo» Jahongir O‘rozovni «Rubin»ga ijaraga berib, 100 ming yevro oldi;
«Paxtakor» Stephen Chinedu ijarasi uchun «Surxon»ga 36 ming yevro to‘ladi.
Kim eng faol bo‘ldi?
Futbolchilar soni bo‘yicha «Mash’al», «So‘g‘diyona», «Dinamo», «Xorazm» va «Qizilqum» yozgi bozorning eng faol klublari qatoridan joy oldi. Bu jamoalarda ikkinchi davra oldidan tarkibning sezilarli qismi yangilandi.
«Neftchi», «Paxtakor» va «Navbahor» esa son emas, ko‘proq sifatga urg‘u berdi. Peshqadam «Neftchi» Kouao va Abdulla Abdullayev singari tajribali futbolchilarni jalb qilgan bo‘lsa, «Paxtakor» Chinedu, Aymen Hussayn va Pouraliganji bilan ikki chiziqni birdan kuchaytirdi. «Navbahor» esa yozgi oynaning eng qimmat xaridini amalga oshirib, Muhammadqodir Hamraliyevni o‘z safiga qo‘shdi.
«Surxon» aksincha, liganing eng katta transfer daromadlaridan birini qo‘lga kiritdi: Behruz Karimovning Shveytsariyaga sotilishi va Chineduning «Paxtakor»ga ijarasi klub g'aznasiga jami qariyb 486 ming yevro daromad olib keldi. «So‘g‘diyona» esa tarkibni katta miqyosda yangilash bilan bir paytda ikki futbolchisini pulli transfer orqali sotib, 270 ming yevro daromad oldi.
Shu tariqa, 2026-yil yozgi transfer oynasi Superliga klublari uchun oddiy tarkibni to‘ldirish davri bo‘lib qolmadi. Chempionlik poygasidagi klublar kuchli futbolchilar hisobiga imkoniyatlarini oshirdi, turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar esa ikkinchi davradagi vaziyatni o‘zgartirish uchun tarkibni keng ko‘lamda yangilashga kirishdi. Endi ushbu transferlarning haqiqiy bahosini mavsumning ikkinchi yarmidagi natijalar ko‘rsatadi.