Coca-Cola Superligasining 5-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. O‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qilgan «Navbahor» 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydon egalari mehmon hujumchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. VAR tizimidan foydalangan bosh hakam Firdavs Norsafarov o‘n bir metrlik masofani ko‘rsatdi. Penaltidan to‘g‘ri foydalangan «sherlar» hisobda oldinga chiqishdi va chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirishdi.

«Bunyodkor» jamoasi «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda ikki bor hisobda ortda qolib, yakunda tenglashtirishga erishdi va o‘z maydonida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Jizzaxliklar esa mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirishdi.

Bekobodda «Metallurg» «Andijon»ni qabul qildi. Garchi birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlab qolingan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda mezbonlar raqib darvozasini ikki bor nishonga olishib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Termizda, «Surxon» jamoasiga qarshi kechgan bahsda «Lokomotiv» jamoasi Diyorjon Turopovning 10-daqiqada kiritgan goli evaziga mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi.

O‘z maydonida «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qilgan «Surxon» 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirgan qo‘qonliklar esa ushbu muvaffaqiyatdan keyin, AGMKning OCHLdagi o‘yinlari sabab, turnir jadvalida sovrindorlar safiga ko‘tarilib oldi.

Bir necha soatlar oldin Navoiyda yakuniga yetgan «Qizilqum» va «Nasaf» uchrashuvida «Nasaf» safarda to‘p surishiga qaramay mezbonlar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 8 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi...

Coca-Cola Superliga. 5-tur

7 aprel, chorshanba

NAVBAHOR – PAXTAKOR - 1:2 (0:1)

Namangan. «Markaziy» stadion. 15982 tomoshabin.

Gollar: Dragan Cheran, 40 (0:1), Islombek Isoqjonov, 71 (1:1), Dragan Cheran, 90-pen. (1:2)

8 aprel, payshanba

BUNYODKOR – SO‘G‘DIYONA - 2:2 (2:2)

Toshkent. «Bunyodkor» stadioni. 5100 tomoshabin

Gollar: Shoxruz Norxonov, 17 (0:1), Nurillo To‘xtasinov, 43 (1:1), Ayubxon No‘monov, 44 (1:2), Xurshid G‘iyosov, 45+2 (2:2).

METALLURG – ANDIJON - 2:0 (0:0)

Bekobod. «Metallurg» stadioni. 6340 tomoshabin.

Gollar: Stanislav Andreyev, 66 (1:0), Abrorbek Toshqo‘ziyev, 71 (2:0)

9 aprel, juma

SURXON – LOKOMOTIV - 0:1 (0:1)

Termiz. «Surxon» stadioni. 1254 tomoshabin

Gol: Diyorjon Turopov, 10 (0:1)

MASH’AL – QO‘QON-1912 - 0:2 (0:0)

Muborak. Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. 1326 tomoshabin.

Gollar: Mo‘minjon Meliyev, 53 (0:1), Shohnazar Norbekov, 78 (0:2)

10 aprel, shanba

QIZILQUM – NASAF - 1:2 (1:1)

Navoiy. «Yoshlar sport majmuasi».

Gol: Marko Stanoyevich, 2 (0:1), Oybek Qilichev, 15-penalti (1:1), Marko Stanoyevich, 82 (1:2).

Shu tariqa AGMK va «Turon» jamoalarining qoldirilgan o‘zaro uchrashuvini inobatga olganda ayni paytda besh o‘yinda yuz foizlik natija ko‘rsatgan «Paxtakor» 15 ochko bilan turnirda karvonboshilik qilyapti. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 11 va 9 ochkuo jamg‘argan «So‘g‘diyona» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalari borishyapti. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardagi «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalarida 8 tadan ochko mavjud. AGMKda 7 ochko, «Metallurg» va «Qizilqum» jamoalarida 6 tadan ochko bor. 9-o‘rinda borayotgan «Lokomotiv» 5 ochko to‘plagan. O‘ninchi o‘rindan o‘n uchinchi o‘ringacha bo‘lgan «Navbahor», «Surxon», «Andijon» va «Mash’al» jamoalarida 4 tadan ochko bor. Turnir jadvalining eng quyi pog‘onasidagi «Turon» jamoasi esa atigi 1 ochkoga ega.

To‘purarlar bahsida «So‘g‘diyona» vakili Shoxrux Norxonov 5 ta tgol bilan yetakchilik qilyapti. «Paxtakor» a’zosi Dragan Cheranda 3 ta gol bor.

Superliganing navbatdagi 6-tur o‘yinlari 14-15 aprel kunlariga belgilangan.

Oybek YUNUSOV, Muhammad AMIN (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: faqat «Paxtakor» yuz foizli natija qayd etib turibdi