Sun’iy intellekt va raqobatda Yevropa tajribasi (+video)
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi German Sparkassenstiftung hamda Germaniya hamkorligi tashkilotlari bilan “Sun’iy intellektni boshqarish: tartibga solish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va global strategiyalar” mavzusida xalqaro seminar tashkil qildi.
Seminarda Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlardan yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Markaziy bank vakillari qatnashdi.
Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev va German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkilotining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat yo‘nalishi rahbari Liya Graubergerlar kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mamlakatimizda raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqobat va biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha eng ilg‘or jahon tajribalarini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida sun’iy intellektni qo‘llash amaliyotini joriy qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Fransiyalik xalqaro ekspert Olivier Proust Yevropa Ittifoqining raqamli siyosati, sun’iy intellektdan foydalanishda taqiqlangan amaliyotlar hamda ayrim sun’iy intellekt tizimlariga nisbatan belgilangan shaffoflik va boshqa talablar haqida ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida mazkur yondashuvlarni O‘zbekistonda joriy etish va takomillashtirish, shu orqali sun’iy intellekt sohasida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
<iframe width="1415" height="796" src="https://www.youtube.com/embed/VrMnXD7tzYw" title="Sun’iy intellekt va raqobatda Yevropa tajribasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA