Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturi uchun saralash imtihoni o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda Massachusets texnologiya instituti (MIT) qoshidagi sun’iy intellekt (AI) ta’limiga ixtisoslashgan MIT RAISE tashabbusi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Day of AI” loyihasi doirasida The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universitetidagi malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun saralash imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Unda sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan informatika fani o‘qituvchilari orasidan saralab olingan qariyb 400 nafar pedagog ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan 50 nafar o‘qituvchi The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universitetida o‘tkaziladigan bir haftalik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Aytish kerakki, The Hong Kong University of Science and Technology (HKUST) universiteti QS World University Rankings 2026 reytingiga ko‘ra dunyoning TOP-50 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirgan.
N.Usmonova, O‘zA