Sunbulaizor chashmasidan fotoreportaj
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Sina qishlog‘i sayyohlar uchun alohida qiziqarli manzillardan. Bu yerdagi Sunbulaizor chashmasi ayniqsa, mashhur.
Chashma o‘rtasidagi sunbulalar ortida muzdek shifobaxsh suv hech to‘xtamay oqib turadi. Bu manzarani bir qarashda go‘yoki tabiat ko‘z yoshi to‘kayotganiga o‘xshatasiz.
Sinaliklar bu maskanni muqaddas ziyoratgoh sifatida qadrlaydi va chashma suvi turli kasalliklarga, ayniqsa, oshqozon va buyrak dardlariga shifobaxsh ekanligini aytishadi. Tashrifchilar bu yerga nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni mamlakatlardan ham keladi.
Surxon tomon yo‘lingiz tushsa, bu tabiiy in’omni tomosha qilish, tabiatning buyuk kuch-qudratiga baho berish uchun albatta, Sina qishlog‘iga tashrif buyuring.
[gallery-20505]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA