Bugun, 3 dekabr kuni «O‘zbekinvest»EISK AJ bilan Toshkent moliya instituti o‘rtasida maqsadli va istiqbolli Memorandum shartnomasi tuzildi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, endilikda kompaniya tarkibidagi «Sug‘urta maktabi» asosida Toshkent moliya institutining «Sug‘urta va pensiya ishi» fakulteti o‘z faoliyatini boshlaydi.

Hayotimizga kun sayin yangi talqindagi taklif va g‘oyalari bilan kirib ulgurgan sug‘urta bozori bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida qanchalik ahamiyatga ega? Odamlar tafakkurida jamg‘arib boriladigan nafaqa va ixtiyoriy sug‘urta imkoniyatlari, dunyo sug‘urta bozorida tabora takomillashib borayotgan tibbiyot sug‘urtasichi?

Har bir oilaga ishonchli va kafolatli takliflar. Zamon bilan birga qadam tashlaydigan sug‘urta mutaxassislarini tayyorlash...

Yaxlit bir tizimni tashkil etadigan mazkur soha bugun taraqqiyotning qaysi yo‘nalishida? Sug‘urta tushunchasi hammaga birdek oydinmi?

Takliflar borasida yangi talqinga qanchalik ehtiyoj sezyapmiz? Bu boradagi bilimlarni charxlashning ayni payti emasmi bugun?

«O‘zbekinvest» EISK AJning Bosh direktori Rustam Azimovning Toshkent moliya instituti talaba yoshlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti ana shu jihatlari bilan dolzarblik kasb etdi.

Mazkur muloqot kompaniyaning zamonaviy sug‘urta bozoriga yangicha fikrlaydigan, ilmli, salohiyatli yoshlarni jalb etish Yangi O‘zbekistonning strategik loyihasini amaliyotga joriy etish zaruratidan kelib chiqdi.

Yangi yo‘nalishdagi fakultetning ochilish marosimida sug‘urta kompaniyasi rahbari R.Azimov yoshlarni qat’iyat bilan ilgari harakat qilishga chorlab, ko‘proq kitob o‘qishga chaqirdi.

«Yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun serqirra inson bo‘lish lozim. Bu esa nafaqat o‘z sohangiz, balki boshqa sohalarda ham muntazam o‘qib o‘rganishni taqozo etadi. Men bir ishni eplolmayman, degan iborani lug‘atingizdan olib tashlang. Barcha muammoning qayerdadir yechimi bor va u siz bilan bizning harakatimiz, xohishimiz va bajarayotgan ishimizga nisbatan bo‘lgan ishonchimizga bog‘liq. 

Men bu fakultetni «O‘zbekinvest» sug‘urta binosida ochganimning boisi sizlar qaynoq faoliyat ichida bo‘lasiz. Kerak bo‘lsa, men o‘zim sizga ilmiy rahbar bo‘lib, birgalikda Yangi O‘zbekiston sug‘urtasini yuqori darajaga olib chiqishga astoydil harakat qilamiz», dedi Rustam Azimov.

Reklama huquqi asosida

Gulchehra Mirzayeva, O‘zA 

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta ilmi taraqqiyot pog‘onasida...