Sudyalar uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi
Andijon viloyati sudida iqtisodiy sud sudyalari uchun qisqa muddatli, maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tomonidan o‘tkazilgan kursda qurilish pudrati, sug‘urta va lizing shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga doir jihatlar muhokama qilindi.
O‘quv kursi mashg‘ulotlarida sudlar tomonidan ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonun hujjatlarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishi odil sudlovni amalga oshirishdagi eng muhim jihatlardan hisoblanishi, shu bois ham ayni masalada Oliy sud Plenumining qarorlari qabul qilinib, qonunlarni amaliyotda qo‘llash borasida zarur tushuntirishlar berib borilayotgani ta’kidlandi. Soha vakillarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan seminar, o‘quv kurslari o‘tkazilishi sifatli hamda barqaror qonuniy sud hujjatlari qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.
[gallery-7240]
Tadbirda mutaxassislarning qurilish pudrati shartnomalari hamda sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda sudlar tomonidan qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Muloqotlarda sudyalarning kun tartibiga qo‘yilgan mavzular bilan bog‘liq, shuningdek, amaliyotda yuzaga kelayotgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Tashkil etilgan o‘quv kursi sudyalarning mavzu yo‘nalishiga oid bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini yanada boyitishga xizmat qildi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat),O‘zA