Sudyalar ko‘chat o‘tqazishdi
Navoiy viloyat sudlarining sudya va sud xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Sudlar bog‘i”ga yangi ko‘chatlar o‘tqazildi
Inson sog‘lom bo‘lishi uchun avvalo, tabiat sog‘lom, havo musaffo bo‘lishi kerak. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Ekologiyani asrashga qaratilgan bu dolzarb vazifa bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy dasturida o‘z ifodasini topmoqda.


Ko‘chat o‘tqazish tadbirlaridan navbatdagisi Navbahor, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahri hududida tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sudlarining barcha sudya va sud apparati xodimlari ishtirok etib, tuproq hamda iqlim sharoitiga mos ikki mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar o‘tqazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi yetarli tajribaga ega mutaxassisning tavsiyalari asosida amalga oshirildi.
A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri