Sud tizimida kiberxavfsizlik, raqamli dalillar hamda sunʼiy intellektdan qanday foydalaniladi?
Odil sudlov akademiyasida Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston sud tizimi vakillari iştirokida xalqaro öquv kursi taşkil etildi.
Uç kunlik dastur kiberxavfsizlik, raqamli dalillar hamda sud faoliyatida sunʼiy intellektdan (SI) foydalaniş masalalariga bağişlandi.
Sudyalar oliy kengaşi raisi X.Yodgorov, Odil sudlov akademiyasi rektori Ş.Abduqodirov mamlakatimizda tizimni modernizatsiya qiliş, sudyalarning kasbiy salohiyatini oşiriş va odil sudlovga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş borasida salmoqli işlar amalga oşirilganini taʼkidladi.
Mazkur xalqaro kurs Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlaş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va xorijiy davlatlarning ilğor tajribasini örganiş maqsadida yölga qöyildi.
Kurs davomida Oliy sud sudyalari, Sudyalar oliy kengaşi aʼzolari hamda kiberxavfsizlik, raqamli kriminalistika, sud ekspertizasi va sunʼiy intellekt sohalaridagi yetakçi mahalliy mutaxassislar öz maʼruzalari bilan qatnaşmoqda.
Muhokamalar mintaqa davlatlari sud tizimlari örtasida özaro işonçni mustahkamlaş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda muhim muloqot maydoni bölib xizmat qildi.
Öquv dasturi doirasida sud amaliyotida raqamli dalillarni baholaşning huquqiy va protsessual jihatlari, Internetning yaşirin segmenti – Darknet, blokçeyn texnologiyasi va kriptoaktivlar bilan boğliq jinoyatlar kompyuter-texnika ekspertizasi va sudyalar faoliyatida axborot xavfsizligi, sunʼiy intellekt, ijtimoiy muhandislik va yangi kibertahdidlarning sud amaliyotiga taʼsiri kabi dolzarb mavzular qamrab olindi.
[gallery-32319]
Mazkur kurs iştirokçilarning kibertahdidlarni aniqlaş, raqamli dalillar va ekspert xulosalarining işonçliligini baholaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Dastur doirasida xorijiy mehmonlar uçun Özbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga taşriflar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bu taşriflar xorijlik sudyalarni yurtimizdagi islohotlar va Özbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan taniştiradi.
Xalqaro öquv kursi yakunida maşğulotlar natijalari sarhisob qilinib, iştirokçilarga maxsus sertifikatlar topşiriladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA