Sud "Meta" kompaniyasini jarimaga tortdi
Sud “Meta” kompaniyasini voyaga yetmagan foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar deb topdi va tegishli qaror chiqardi.
Belgilangan mablag‘ning 375 million dollari avvalroq tayinlangan fuqarolik jarimasi, qolgan 567 million dollarni kompaniya oqibatni bartaraf etishga qaratilgan maxsus jamg‘armaga o‘tkazishi lozim.
Sud xulosasiga ko‘ra, “Facebook” va “Instagram” tarmoqlari algoritmi bolalarda tushkunlik, bezovtalik, uyqu buzilishi hamda darsni o‘zlashtirish muammosini keltirib chiqargan. Qolaversa, ushbu platformalar voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuzkorlik va tovlamachilik xavfini oshirgani ham ta’kidlangan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA