Hurmatli hamyurtlar!

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan muloqot o‘tkazishadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Andijon va Farg‘ona viloyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida joriy yilning 21-24 aprel kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkaziladi