"Starlink" Venesuelaga bepul internet taqdim etadi
Ilon Mask favqulodda qaror qabul qilib, o‘ziga tegishli “SpaceX” kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i “Starlink” orqali Janubiy Amerika davlatida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilziladan so‘ng venesuelalik abonentlar uchun bir oy davomida mutlaqo bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.
Mazkur xabar korxonaning ijtimoiy tarmoq sahifasi chiqqan. Shirkat ayni payt tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan va aloqa uzilib qolgan joylarda internet tizimini tezkor tiklash bilan mashg‘ul. Buning uchun hududga qisqa vaqtda qo‘shimcha “Starlink” terminallari o‘rnatiladi. Bu haqda “Reuters” yozdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA