Sportchi yoshlar festivali
Andijon shahridagi «Xalqlar do‘stligi» o‘yingohida sport festivali bo‘lib o‘tdi.
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida sport festivali o‘tkazildi.

Sport festivalida viloyat turizm va sport boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanib kelayotgan 200 nafardan ziyod yosh para yengil atletika (400 metrga estafeta, 100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash hamda yadro uloqtirish), shuningdek, para shaxmat, para futbol va para suzish turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Sport festivalining g‘olib va faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA