Sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani hokimligi va O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 145 nafar qizga Prezidentimiz sovg‘asi – sport kiyimlari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani hokimligi va O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 145 nafar qizga Prezidentimiz sovg‘asi – sport kiyimlari topshirildi.Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, bu jarayonda qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Zamonaviy sport inshootlari, musiqa va san’at maktablari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, ularni zarur uskunalar bilan jihozlash, yosh iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda.
Qizlar uchun yuqori sifatli, milliy va zamonaviy uslublar uyg‘unlashgan sport kiyimlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi – sport kiyimlarini topshirish marosimi bayram tantanalariga ulanib ketdi.
– Men sportning taekvondo turi bilan uch yildan buyon muntazam shug‘ullanaman, – deydi Qorao‘zak tumani 3-bolalar sport maktabi o‘quvchisi Xonzoda Polvonova. – Maktabimizda barcha qulayliklar yaratilgan. Shu paytgacha Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladim. Kelgusida xalqaro turnirlarda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishni maqsad qilganman.
Sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 24 ming 292 nafar qoraqalpog‘istonlik qizlarga Prezident sovg‘alari tantanali topshirildi.