“Sport – sog‘lik garovi”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqada viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar suzish, badminton, shaxmat, stol tennisi va darts kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Tadbir davomida qatnashchilar nafaqat g‘alaba uchun kurashdi, balki jamoaviylik, birdamlik va sog‘lom raqobat muhitini namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri