Sport salomatlik garovi
Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka hamda stol tennisi turi bo‘yicha “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi.
–Musobaqa viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanish orqali o‘z salomatligini mustahkamlashi uchun yetarli sharoit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – deydi Buxoro viloyati Davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Akmal Qurbonov. –Pirovardida xodimlarning ishchanlik qobiliyati ham oshadi. Ular bellashuvda nafaqat bilim va mahoratini balki epchilligini ham namoyish etdi.

Turnir yakunida g‘oliblarga kasaba uyushma qo‘mitasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zarif Komilov, O‘zA