Sport – salomatlik garovi
Samarqandda Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati sport ishlarini muvofiqlashtiruvchi faxriylar kengashi tashabbusi bilan viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada yuzga yaqin faxriylar ishtirok etdi. Yugurish, basketbol to‘pini savatchaga tushirish va uzunlikka sakrash bahslarida kuch sinashgan faxriylar sport bilan doimiy shug‘ullanishini ko‘rsatdilar.