Sport psixologi: "Farzandim sportchi bo‘lsin desangiz..." (+video)
Bugungi kunda sport rivoji yo‘lida yangi g‘oyalar, loyihalar ishlab chiqilmoqda. Sportchilarimizning nufuzli musobaqalarga munosib tayyorlanishi, turnirlar tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sportni ommalashtirish, aholining turli qatlamlari orasida yangi iqtidorlarni kashf etish, ular ichidan terma jamoa uchun munosib nomzodlarni yetishtirib berish yo‘lida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Chempionni tarbiyalash oson bo‘lmagan vazifalardan biri hisoblanadi. Avvaliga uni payqay olish lozim. Keyin esa uni munosib tayyorlash, muntazam ravishda birga ishlash kerak bo‘ladi. Nafaqat jismoniy, balki ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha ham alohida mehnat talab qilinadi.
Ho‘sh, farzandim chempion bo‘lsin deydigan ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari zarur? Agar bola birinchi mashg‘ulotdanoq hafsalasi pir bo‘lib, boshqa mashg‘ulotga bormayman deb turib olsa, ota-onalar nima qilishi kerak? Sport psixologi Akobir Abdullayev bilan shu haqda batafsil suhbatlashdik:
Batafsil
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/TXuCaisB06I" title="Sport psixologi "Farzandim sportchi bo‘lsin desangiz..."" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, farzandingiz borayotgan sport to‘garagini kim tanlagan? Balki, bola boshqa mashg‘ulotni xohlayotgandir. Shunday ekan, ota-onalar farzandining qiziqishiga qarab mashg‘ulotni tanlashi kerak bo‘ladi. Bu bilan siz ularning istagini amalga oshiribgina qolmay, kelajakda farzandingizning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga ko‘maklashgan bo‘lasiz.
"Salomatlik sirlari" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA