Sport – nafislik va salomatlik manbai
Bugun 25 noyabr kuni poytaxtimizdagi Moliya instituti sport majmuasida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Gimnastrada” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Kecha Turizm va sport vazirligida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning ishtirokchilari o‘rtasida qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Turli tashkilotlarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanayotgan opa-singillarimizning salomatligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Gimnastrada” sport musobaqasi 2020 yilda qabul qilingan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


– Aytish lozimki, musobaqaga qiziqish juda yuqori bo‘ldi. Buni bahslarda 50 dan ortiq vazirlik va idoralarning markaziy apparatida xizmat qiayotgan 600 nafardan ortiq xotin-qizlardan iborat terma jamoalar qatnashish uchun ruyxatdan o‘tganligida ham ko‘rish mumkin, – deydi Turizm va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Zarina Abdullayev.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA