Sport: mukofotlanganlar mehnati e’tirof etildi
Xalqaro musobaqalarda, jahon va qit’a chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishda, yurtimizda ommaviy sport harakatining keng quloch yoyishida murabbiy va mutaxassislarning, sportchilarning alohida xizmatlari borki, bugun ushbu sa’yi-harakatlar tufayli yangi O‘zbekiston sporti jahon miqyosida yangi yuksalish bosqichiga ko‘tarildi.
Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq mukofotlangan sportchi va murabbiylarni qutlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan sport vaziri A.Ikromov, soha xodimlari va mutaxassislar, mamlakatimiz sportini rivojlantirish, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotganlarning mehnatlari e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA