Sport malikalari bellashdi
Nukusda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot g‘unchalari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot g‘unchalari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 55 nafar sportchi qiz o‘zaro bahslashdi.
– Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanayotgan qizlarimizning muvaffaqiyatlari tahsinga loyiqdir, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi mutaxassisi G‘ayrat Allamuratov. – Olis ovullarda ham bu sport turiga qiziqadigan qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bugungi turnirda bunga yana bir bor amin bo‘ldik.
Qiziqarli o‘tgan musobaqada g‘oliblar 5 yosh guruhi bo‘yicha aniqlandi. 11 yoshli qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni Nukus shahridagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mohinur Rajabova egalladi. Qolgan guruhlarda ham nukuslik qizlarning qo‘li baland keldi. 12 yoshli guruhda Muhabbat Davletova, 13 yoshli qizlar o‘rtasida Shahzoda Ibragimova, 14 yoshli guruhda Farida Qo‘ng‘irotboyeva, 15 yoshli qizlar orasida Dilfuza Saliyevaga birinchi o‘rin nasib etdi.
G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.