Sport maktablariga zamonaviy jihozlar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb etish, sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sport-ta’lim muassasalariga zamonaviy sport jihozlari va anjomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-30978]
Tadbirda Sport vazirligi tomonidan viloyatdagi sport maktablari uchun ajratilgan 9 turdagi 1 ming 300 dan ortiq zamonaviy sport jihozlari va anjomlari hamda 10 mingdan ziyod sport kiyimlari belgilangan tartibda tegishli muassasalarga topshirildi.
Yangi sport inventarlari yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA