Sport maktabining suzish havzasi
Marg‘ilon shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida voleybol, basketbol, karate, boks, suzish, shaxmat, qo‘l jangi, kikboksing sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Maktab qoshidagi “Yoshlik” suv havzasi ayniqsa yoshlarning sevimli maskani.
Marg‘ilon shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida voleybol, basketbol, karate, boks, suzish, shaxmat, qo‘l jangi, kikboksing sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Maktab qoshidagi “Yoshlik” suv havzasi ayniqsa yoshlarning sevimli maskani.Zamonaviy inshootning suv sporti to‘garaklarida suzish mashg‘ulotlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda 200 ga yaqin o‘g‘il-qiz malakali murabbiylar ko‘magida jismoniy chiniqib, suzish mahoratini oshirmoqda.