Sport kurashlari: Aytjan Xalmaxanov jahon chempionligi uchun kurashadi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medali uchun bahs olib boradi.
Jumladan, -67 kilogramm vazn toifasida bellashayotgan Aytjan Xalmaxanov finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda eronlik Said Leyveysiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, -63 kilogramm vazn toifasida Ozodbek Halimboyev, -87 kilogramm vaznda esa Muhammadqodir Rasulov bronza medali uchun raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA