Sport gimnastikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati
Qozog‘istonning Chimkent shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha tajribali murabbiy V.Baydin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bo‘yicha sport maktabi tarbiyalanuvchilari munosib himoya qilib, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, chempionatning ko‘pkurash dasturida Farzona Xolmirzayeva g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Dilnura Mamarajabova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, SU final bahslarida Farzona Xolmirzayeva erkin mashq dasturida navbatdagi oltin, tayanib sakrash va baland-past qo‘shpoya yo‘nalishlarida kumush, yakka cho‘p bahslarida esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Dilnura Mamarajabova esa yakka cho‘p dasturida ikkinchi kumush medaliga ega chiqdi.
SUN finallarida esa Aziza Karatayeva baland-past qo‘shpoya yo‘nalishida kumush, erkin mashqlarda bronza medaliga ega chiqdi. Aziza Jalg‘asbayeva yakka cho‘p dasturida kumush, erkin mashq bahslarida esa bronza medal bilan kifoyalandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA