Sport faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimiz sport faxriylarining holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha Milliy olimpiya qo‘mitasida bayram munosabati bilan bir guruh sport faxriylari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish xalqimizga xos qadriyat ekani ta’kidlandi.
Bugun yurtimiz sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan g‘alabalarda faxriy sportchilarimizning, murabbiylarning alohida o‘rni borligi e’tirof etilib, ularning bir guruhiga Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston sport faxriylari kengashining sovg‘alari topshirildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA