“SpaceX” Oyga ilk sayyohni uchiradi
Amerika kompaniyasi “SpaceX” koinotga safar qilish orzusida boʻlgan ilk sayyoh bilan shartnoma tuzdi. Unga koʻra mijoz uzoq missiyalarga moʻljallangan raketa – “Big Falcon” bortida Oy atrofida parvoz qiladi
Amerika kompaniyasi “SpaceX” koinotga safar qilish orzusida boʻlgan ilk sayyoh bilan shartnoma tuzdi. Unga koʻra mijoz uzoq missiyalarga moʻljallangan raketa – “Big Falcon” bortida Oy atrofida parvoz qiladi.
vesti.ru Novostining yozishicha, bu haqda kompaniya Tvitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.
“Bu koinotga sayohat qilishni istagan oddiy insonlarga yoʻlni ochishda muhim qadam boʻladi” deyilgan OAV keltirgan iqtibosda.
Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 17-sentyabrida Oyga yoʻl oladigan dunyodagi birinchi sayyoh nomi oshkor qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, koinotga yoʻl oluvchi sayyohlarning birinchi parvozi 2019-yilning yarmigacha amalga oshmasligi xabar berilgandi. Tarixda faqat 24 insongina Oyga uchishga muvaffaq boʻlgan. 1972-yilda AQSH astronavtlarining Yer tabiiy yoʻldoshiga missiyasidan soʻng, hali hech kim Oyga qadam bosmagan.