“Xalqaro armiya o‘yinlari – 2021” doirasida yurtdoshlarimiz “Sayan yurishi” musobaqalarida qatnashish uchun Rosssiya Federatsiyasining Tuva Respublikasiga yetib kelganidan xabaringiz bor.

“Xalqaro armiya o‘yinlari – 2021” oldidan 

Ushbu maqolamizda harbiy xizmatchilarimizning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Yergaki harbiy sport o‘quv markazida musobaqaga tayyogarlik jarayoni haqida to‘xtalmoqchimiz. Tavsifni sal oshirib yuborsak to‘g‘ri tushunasiz, ishtirokchilarning mashaqqatini his qilib, o‘zimiz ham ular bilan birga qor kechib yuribmiz.

Xullas, musobaqa ishtirokchilari mutlaqo yangi iqlim sharoiti va tabiat injiqliklari ostida o‘n ikkita shart bo‘yicha qizg‘in tayyorgarlik olib borishmoqda. Granata uloqtirish, guruh tarkibida jangovar o‘q otish, nishonlarni aniqlash, qor ko‘chkisida qolgan yaradorni qidirish, tepalikni tezkor vaqtda zabt etish, arqonda jumar yordamida qoyaga ko‘tarilish, rejalashtirilgan marshrutda harakatlanish, arqon yordamida qoyadan tezkor tushish, oriyentirlash kabi bir-biridan murakkab, hushyorlik, chidamlilik va chaqqonlik talab qiladigan mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarni rosmana musobaqaga toblab boradi.

– Moskvada karantindan keyin bir oz vaqtimiz bo‘lib, shahar aylandik. Lekin xoh ishoning, xoh ishonmang, hech narsa tatimadi. Yergakiga kelganimizdan keyin ham yigitlar bilan faqat musobaqa, shartlar, tayyorgarlik haqida gaplashamiz. Yorug‘ yuz bilan, g‘alaba qozonib, Vatanga qaytsak, barchaga munosib sovg‘a bo‘lardi, – deydi jamoa murabbiyi kichik serjant Jumanazar Tariyev.

Ha, bu kunlarda chalg‘ish mutlaqo mumkin emas. Birorta shartni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Har biridan yig‘ilgan ballar yakunda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Boz ustiga ozgina hushyorlikni boy berish jarimaga sabab bo‘lib, jamoani ortga tortishi ehtimoli bor. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hali musobaqalar boshlanishidan oldin ham bahs-munozaralar quloqqa chalina boshladi. Toki mavhumlik tarqasin, aniqlikka putur yetmasin.

Muhimi, ob-havoning sovuqligi, qorning qalinligi yurtdoshlarimizga zarracha ta’sir qilgani yo‘q. Ularning yuragi Vatanga bo‘lgan muhabbat harorati bilan yonadi.

Aziz NORQULOV,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti xodimi.

Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sovuqdagi qaynoq harorat