Soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi
Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Navoiy viloyati IIB korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX viloyat bo‘yicha boshqarmasi, Departamentning Karmana tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda pora olish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.
Karmana tumani soliq inspeksiyasi kameral soliq tekshiruvlari sho‘’basida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlayotgan shaxs yakka tadbirkorning yuzaga kelgan soliq qarzdorligining bir qismini kamaytirib berishi va yuzaga kelgan moliyaviy jarimani qo‘llamaslik evaziga 1000 AQSH dollari miqdorida pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ayni paytda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA